Ronaldu "Atletiko"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. U beshinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yubormoqda

Administrator
29 iyul 2022, 23:05
Ronaldu "Atletiko"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. U beshinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yubormoqda

Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ning navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida ham ko'rinish bermaydi. Portugaliyalik forvard jamoaning "Atletiko"ga qarshi o'yin uchun tanlagan tarkibi ichida yo'q. Jamoalar 30 iyul kuni Oslo shahrida o'ynashadi.

Ushbu o'rtoqlik uchrashuvida jamoaning yangi o'yinchilari Kristian Eriksen va Lisandro Martines debyut qilishlari mumkin. Ular tarkibga kiritilganlar. 

Ma'lumot uchun Krishtianu Ronaldu MYUning mavsum oldi tayyorgarlik mashg'ulotlarida umuman qatnashmadi va beshta o'rtoqlik o'yinini o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: manutd.com