Ronaldu almashtirilganidan so'ng jahl qildi

Aziz Tukhtamuradov
20 yanv 2022, 08:56
"Manchester Yunayted" APL doirasida "Brentford"ni mag'lubiyatga uchratdi.

O'yinning 71-daqiqasida manchesterliklar bosh murabbiyi Ralf Rangnik Krishtianu Ronalduning o'rniga himoyachi Garri Maguayrni tushirdi. 

Portugaliyalik futbolchi esa zaxira o'rindig'i oldida o'ziga berilgan kurtkani erga tashlab yubordi va noroziligini namoyish qildi. Bir necha soniyadan so'ng u kiyimni olib, kiyib oldi. 

BBC Sport'ning qayd etishicha, Ronaldu o'zidan norozi bo'lgan. 

Keyinroq u murabbiy Ralf Rangnik bilan suhbatlashgan. 


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC