Ronaldu 30 yoshidan keyin 300ta gol urdi

Portugaliyalik futbolchi Italiya A Seriyasi 21-turi doirasidagi "Roma"ga qarshi bahsda hisobni ochdi.

Mazkur gol "Yuventus" hujumchisining 30 yoshga to'lganidan keyin urgan 300-goli hisoblanadi. U 5 fevral kuni 36 yoshni qarshi olgan edi.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya terma jamoasi sardori faoliyati davomida "Sporting", "Manchester Yunayted" va "Real" jamoalari sharafini ham himoya qilgan.


Manba: