Ronaldo: Jahon futbolida inqiroz yuzaga kelgan

21 may 2015, 07:00
Braziliyalik mashhur futbolchi Ronaldo "Oltin to'p" sovriniga da'vogarlar soni kamligini ta'kidlab o'tdi.
"Men futbol o'ynagan davrimda har mavsum "Oltin to'p" sovrini uchun kamida 8-10 futbolchilar da'vogarlik qilishardi. Ayni paytda, aniqrog'i so'nggi 8 yildan buyon bu poygada faqat ikkita futbolchi qatnashmoqda. Meni o'ylashimcha, ular o'z ishlarini juda yaxshi amalga oshirishmoqda. Lekin qolganlar ularga eta olishmayapti. Biz jahon futboli inqirozga yuz tutganini ko'rishimiz mumkin. Men istardimki, "Oltin to'p" uchun ko'plab futbolchilar kurash olib borishsa. Men futbol o'ynagan paytimda Figu, Zidan, Rivaldo, Ronaldinyo, Maldini, Fabio Kannavaro va Robben singari futbolchilar eng kuchli bo'lishga raqobatchilik qilishardi. O'sha davrlarni sog'indim. Tezroq eng kuchli futbolchi nomiga da'vogarlar soni oshishini xohlayman", - deydi Ronaldo.

Manba: sports.ru