Ronaldo: "Real" boshqacha, bu dunyodagi eng zo'r klub"

Alisher
17 mar 2021, 08:23
Braziliyalik futbolchi Ronaldo faoliyatining eng yaxshi yillari qayerda o'tganligini aytdi.

Eng yaxshi yillarim qayerda o'tgan? "Real"da. "Real" va "Barsa"dan doim birinchisini tanlayman. Bu boshqacha klub, boshqacha joy, garchi Barselona ham ajoyib shahardir.

"Qaymoqranglilar" safida o'ynab nimalar his qilganimni so'z bilan tariflay olmayman. Bu dunyoning eng zo'r klubi", - deydi Ronaldo.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik sobiq hujumchi "Real"dan tashqari "Barselona", "Inter" va "Milan" klublari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: vk.com/spanish.football