Ronaldo: “Braziliya TJga Gvardiolani olib kelishmoqchi edi”

Eldor Akmurzayev
12 dek 2022, 07:45
Sobiq forvard Ronaldo Braziliya futbol konfederatsiyasi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning variantini ko'rib chiqqani gapirdi.

“Gvardiolaga qiziqish bor edi, bu u bilan muhokama qilingandi, ammo u “Man Siti”da qolishni afzal ko'rdi. Ehtimol, BFKga u bilan kelishuvga erishish qiyinchilik tug'dirar, chunki, u dunyoda eng ko'p maosh oluvchi murabbiy hisoblanadi”, deydi Ronaldo.

Eslatib o'tamiz, Gvardiola yaqinda “shaharliklar” bilan shartnomasini 2025 yil yoziga qadar uzaytirdi. Tite esa mundialdagi omadsizlikdan keyin terma jamoa boshqaruvidan ketdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: CCMA