Ronaldinyo Hindiston futzal ligasini tark etdi

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2016, 13:14
Goa safida Chennaida o'tayotgan Hindiston futzal ligasida ishtirok etayotgan Ronaldinyo Braziliyaga qaytishi kerakligini aytdi.

"Salom do'stlarim.

Sizlar ham men kabi futzal Premer-ligasidan rohatlandingiz deb umid qilaman.

Chennaida vaqtimni juda ajoyib o'tkazdim.

Afsuski, men vatanimga qaytishim kerak, ular meni chaqirishyapti.

Para-Olimpiya qo'mitasi meni elchi bo'lishimni istadi va Braziliyaga qaytishimni talab qilmoqda. Goa bilan maydonga chiqishni kutayotgan edim, ammo bu xabarni kecha eshitdim. Kunlarimni ajoyib mamlakatda o'tkazganimdan xursandman.

Ammo ikkinchi mavsumda qaytishga vada beraman. Mening o'rnimni Kafu egallaydi. U yaqin do'stim va juda kuchli o'yinchi.

RAHMAT" - deyiladi Ronaldinyo yuborgan xatda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia