Ronaldinyo Braziliya ishtirokidagi o'yinlarini ko'rmasligini ma'lum qildi. Nega?

Khoja
15 iyun 2024, 10:15
Braziliya sobiq futbolchisi Ronaldinyo terma jamoasining Amerika kubogidagi uchrashuvlarini ko'rmasligini ma'lum qildi.

Ular ishtirokidagi hech bir o'yini ko'rish niyatida emasman. Ularga energiya, quvonch yetishmaydi. Shuningdek, ularning o'yinlari yaxshi chiqmayapti. Men Braziliya o'yinlarini ko'rmayman.

Ularning ishlari yaxshi emas, Futbolchi termaga kelganidan so'ng borini berishi kerak, hozirgi jamoada buni ko'rmayapman, - dedi Ronaldinyo.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi Amerika kubogidagi ilk uchrashuvini 25 iyun kuni Kosta-Rikaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com