Romelu Lukaku jarohat oldi, u “Real”ga qarshi o'ynamasligi mumkin

30 okt 2020, 09:40
“Inter”da muammo tug'ildi.

“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku jarohat oldi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi. Futbolchi YCHL guruh bosqichi 2-turi doirasida “Shaxtyor”ga qarshi bahsda (0:0) chap oyoq son mushaklarini jarohatlab olgan.

Italiyalik taniqli jurnalist Janluka di Marcio xabariga ko'ra, Lukaku A Ceriya doirasida “Parma”ga qarshi bahsni (31 oktyabr) hamda YCHL 3-turi doirasida “Real”ga qarshi o'yinni (3 noyabr) o'tkazib yuborishi mumkin.

Lukaku joriy mavsum A Ceriyada 5 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Интер” расмий сайти