Romelu Lukaku - Yevropa Ligasining 2019/20 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi

Alisher
2 okt 2020, 16:29
UEFA Yevropa Ligasi-2019/20'ning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Ushbu nomga "Inter" forvardi Romelu Lukaku loyiq deb topildi.

Belgiyalik futbolchi turnir pley-offida 6ta o'yinda 9 ochko (7+2) jamg'ardi va milanliklar Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib borishdi. Bosh sovrinni esa "Sevilya" qo'lga kiritdi.

Mukofot uchun shuningdek "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh va "Sevilya" xavbeki Ever Banega da'vogarlik qilayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com