Romelu Lukaku Diego Kostaning o'rniga “Atletiko”ga o'tishi mumkin
Tolibjon Qosimov
11 iyun 2014, 10:34
Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku Diego Kostaning “Chelsi”ga transferining bir qismi bo'lishi mumkin, deya xabar bermoqda “London Evening Standart”.
Eslatib o'tamiz, ikki tomon deyarli kelishuvga erishgan va Lukakuning “Atletiko”ga o'tishi Kostaning transfer narxini pasaytiradi.