Romano: "Manchester Siti"ning yangi xaridi bugun Angliyaga uchib boradi

Tolibjon Qosimov
15 yanv 2025
"Manchester Siti" qishki transfer oynasida ikki nafar yosh markaziy himoyachilarni sotib olayotganidan xabaringiz bor.

Breaking! Husanovning agenti uchib ketdi, Abduqodir "Manchester Siti"da qachon tibbiy ko'rikdan o'tishi ma'lum

Mashhur insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "shaharliklar"ning yangi xaridi Vitor Reys yangi jamoasiga o'tishni yakunlash uchun bugun Braziliyadan Angliyaga uchib boradi.

Reys Manchesterga o'z agenti bilan birga keladi, chunki klublar 35 mln evroga mo'ljallangan shartnomaning barcha detallari borasida kelishuvga erishib bo'lishgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano