"Roma"ga "Barselona" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
20 noya 2022
"Barselona" futbolchisi Ektor Belerin faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" tarbiyalanuvchisi o'tgan yozda "Barselona"ga qaytgan va qisqa muddatli shartnoma imzolagandi. Ushbu mavsumda u 5 o'yinda qatnashdi.

"Roma" esa 15 turdan keyin A Seriya turnir jadvalining 7-qatorini band etib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport