"Roma"da aprel oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlanmoqda: Eldor Shomurodov da'vogarlar qatorida

Sherzod Nurmatov
1 may 2025, 17:22
Rim klubi o'tgan oyning eng yaxshi o'yinchilarini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazmoqda.

E'tiborlisi, 5 nafar da'vogar orasida O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham bor. 

Tajribali hujumchi yakunlangan oyda 4 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Shomurodovni siz ham qo'llab-quvvatlashingiz mumkin. Buning uchun mazkur havolaga o'ting.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asroma.com