“Roma” Zappakostani “Chelsi”ga qaytarib yuboradi

9 okt 2019, 08:00
Davide yanvardayoq Rimni tark etadi.

“Roma” transfer huquqi “Chelsi”ga tegishli bo'lgan Davide Zappakostani 2020 yil yanvarida Londonga qaytarib yuboradi. Futbolchi bilan aslida yozgacha ijara shartnomasi tuzilgandi. Biroq David tizzasidan og'ir jarohat olib, kamida 6 oyga safdan chiqdi.

“Roma” esa qishki transferlar vaqtida Alsaid Hyusay (“Napoli”)ni o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gazetta.it