"Roma" vakillari "Liverpul" futbolchisi bilan kelishib olishdi

Eldor Akmurzayev
15 avg 2019, 23:00
Liverpul markaziy himoyachisi Deyan Lovren Roma tomonidan kelib tushgan taklifga ijobiy javob qaytardi, deya xabar beradi Sport Italia.

Manbaga ko'ra, rimliklar futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga oladi. Shuningdek, kelishuv shartlariga ko'ra, Roma Lovrenni keyinchalik 25 mln. evroga ham sotib olishi ham mumkin. 

30 yoshli xorvatiyalik himoyachi o'tgan mavsum APLda 18 o'yinda qatnashib, 1+1 ko'rsatkichga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport Italia