“Roma” va “Inter” 35 yoshli Jekoning transferi borasida bir to'xtamga kelishdi

8 avg 2021, 07:34
“Roma”ning 35 yoshli bosniyalik forvardi Edin Jeko Milanning “Inter” klubiga o'tishga yaqin turibdi.

Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o'zining Tvittrdagi sahifasida ma'lum qildi.

Manba xabariga ko'ra, klublar mazkur transfer borasida kelishuvga erishish arafasida. Futbolchining agenti shaxsiy kelishuvni tasdiqlashga ulgurdi va u 2023 yilga qadar amalda bo'ladi. Yaqin soatlarda futbolchining transferi e'lon qilishi kutilmoqda.

2020-2021 yilgi mavsumda Jeko “Roma” tarkibida barcha turnirlarda 38 marta maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku jamoani tark etib, “Chelsi” bilan shartnoma imzolagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Журналист Николо Скиранинг Твиттер саҳифаси