"Roma" rahbariyati Alisson o'rniga Chexni olib kelmoqchi

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2018, 08:10
"Arsenal" darvozaboni Petr Chex faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Roma" rahbariyati 36  yoshli posbonni "Liverpul"ga o'tgan Alisson Beker o'rniga olib kelmoqchi.

Oldinroq, Tibo Kurtua "Chelsi"ni tark etsa, "aristokratlar" Chexni sotib olishi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" iyun oyida "Bayer" darvozaboni Bernd Lenoni sotib oldi. "To'pchilar" safida kolumbiyalik posbon David Ospina ham bor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun