"Roma" Paulo Dibala "Al Qodisiya"ga ketishiga tayyor

Omonjon To`xtamirzayev
15 avg 2024, 16:36
"Roma" Federiko Keza bilan shartnoma imzolamoqchi.

Rimliklar Paulo Dibala "Al Qodisiya"ga o'tishga qaror qilgan taqdirda, bu ishga kirishishni reja qilgan.

Bundan tashqari, "jallorossi" Jeremi Boga variantini ham ko'z ostiga olib qo'yishgan. Klubning sport direktori Floran Gizolfi Fransiyada ishlayotgan davrida Jeremini "Nicca"ga o'tishida faol ishtirok etgan insonlardan biri sanaladi.

Dibalaga 20 million evro + bonuslar bilan uch yillik shartnoma taklif qilingan. Shuningdek, kelishuvni avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirish mumkin bo'lishi haqida band ham bo'lib, 4 yilda argentinalik Saudiya Arabistonida deyarli 100 mln evro ishlab olishi mumkin.

Pauloning o'zi hozircha yakuniy qarorni qabul qilmagan, lekin masala yangi hafta avvalida hal bo'lishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, MLS klubi "Roma"ning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovni sotib olmoqchi 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Tuttosport