"Roma" "Nyukasl" forvardi Sen-Maksimenga qiziqmoqda

Alisher
15 may 2021
"Roma" "Nyukasl" hujumchisi Allan Sen-Maksimenga qiziqmoqda.

Rimliklar 24 yoshli francuzni bosh murabbiylikka Joze Mourinyu kelganidan so'ng jamoani qayta qurishda klubga foyda keltira oladigan futbolchi sifatida ko'rib chiqmoqda.

Sen-Maksimen joriy mavsum "Nyukasl" tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali forvardning narxini 28 million evroga baholadi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia