"Roma" muxlislari Ibragimovichni haqorat qilishdi

Aslanov Jasurbek
1 noya 2021, 20:53
"Roma" muxlislari "Milan"ga qarshi o'yinda mehmonlar hujumchisi Zlatan Ibragimovichni haqorat qilishgan.

Manbaning xabar berishicha, Rim klubi muxlislari hujumchiga: "Sen lo'lisan!" deya baqirishgan.

Eslatib o'tamiz, "Stadio Olimpiko" maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvda Ibragimovich jarima zarbasidan gol urdi. Shu tariqa, 40 yoshli shved forvardi turli mamlakatlar chempionatlarida o'zining 400-golini urdi. Ilgari u Shvetsiya, Niderlandiya, Ispaniya, Fransiya, Angliya chempionatlarida ham ishtirok etgan.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ANSA