"Roma" Milikga 4,5 million evro maosh bilan 5 yillik shartnoma taklif qilmoqda

Alisher
13 sen 2020, 14:35
"Roma" forvard Arkadiush Milik borasida "Napoli" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

"Roma" 26 yoshli polyak uchun yiliga 4,5 million evro maosh bilan 5 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, Milik "Napoli"dan 2016 yildan beri o'ynamoqda. Bunga qadar esa "Ayaks", "Augsburg", "Bayer" va "Gornik Zabrze" klublarida to'p tepgan.

Forvard 2012 yildan beri Polsha terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira