"Roma" "Malaga"ning 18 yoshli futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
Aslanov Jasurbek
30 yanv 2015, 12:49
"Roma" "Malaga"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Xose Machin bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Xabarlarga ko'ra, rimliklarning futbolchi bilan kelishuvi 4,5 yilga rejalashtirilgan va u 30 yanvar kuni yangi jamoada mashg'ulotlarini o'tkazadi. Xose Machin o'z "tvitteri"da "Malaga"ga minnatdorchilik bildirdi.