

Klub ijaraga olingan uch nafar futbolchi Muhammad Saloh (Chelsi), Yago Falke (Jenoa) va hujumchi Edin Jekoni (Manchester Siti) sotib olganini rasman ma'lum qildi. Ushbu futbolchilar ijara shartnomasida ko'rsatilgan shartlarni barchasini bajarib bo'lishgach Rim klubi bilan to'laqonli shartnoma tuzishdi.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, Italiya klubi uchala futbolchini umumiy 43 million evroga xarid qildi: Saloh 20 mln (5 mln ijara + 15 mln sotib olish), Jeko – 15 mln (4 +11 mln) va Falke – 8 mln (1+7 mln).



