"Roma" ishtirokidagi Yevropa Konferenciyalar ligasi finaliga hakamlar tayinlandi

Оқил Абдубарноев
11 may 2022, 20:39
UEFA Hakamlar qo'mitasi Yevropa Konferenciyalar ligasi finali uchun hakamlarni aniqladi.

"Roma" va "Feyenoord" o'rtasidagi final uchrashuvini Ishtvan Kovach boshqarib boradi. Uchrashuv 25 may kuni Tiranada bo'lib o'tadi.

Kovachga Vasile Florin Marinesku va Ovidiu Artene yordam berishsa, shveytsariyalik Sandro Sherer to'rtinchi hakam vazifasini bajaradi. VAR tizimida germaniyalik Marko Fric ishlaydi, unga hamyurtlari Kristian Dingert va Bastian Dankert yordam beradi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: UEFA