“Roma” Iguainni sotib ololmasa, bor e'tiborini “Real” hujumchisiga qaratadi

6 iyul 2019, 08:20
Mariano Dias Rim klubi nazariga tushdi.

Tez orada “Roma”ni Edin Jeko tark etadi. Rimliklar uning o'rniga “Yuventus”dan Gonsalo Iguainni sotib olishga harakat qilmoqda. Agar bu transfer amalga oshmasa, u holda “bo'rilar” bor diqqat-e'tiborini “Real”ning dominikanlik hujumchisi Mariano Diasga qaratadi.

Avvalroq Diasning xizmatlari “Milan”ga taklif etilgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato