"Roma" Gyotcega qiziqib qoldi

5 apr 2020, 01:50
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Mario Gyotce faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Xabaringiz bor, germaniyalik futbolchining dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi. "Corriere dello Sport" nashri xabariga ko'ra, "Roma" rahbariyati Marioni tarkibga qo'shib olish uchun harakat qilib ko'radi. Joriy mavsum 13 o'yinda 3ta golga mualliflik qilgan futbolchiga "Milan" va "Bayer" ham davogarlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport