"Roma" De Rossi bilan A Seriyaning 11ta uchrashuvida 26 ochko to'pladi

Aslanov Jasurbek
7 apr 2024, 12:59
Daniele De Rossi "Roma" bilan A Seriyada o'zining dastlabki 11ta uchrashuvida ochko to'plash bo'yicha uchinchi natijani ko'rsatdi.

Italiyalik bosh murabbiy sifatida e'lon qilinganidan so'ng rimliklar turnirda 26 ochko to'plashdi - 8ta g'alaba, 2ta durang va 1ta mag'lubiyat.

1994/95 mavsumdan boshlangan uch ochkolik davrda "Roma"da faqat ikki mutaxassis De Rossidan yaxshiroq natija qayd etgan - Rudi Garsiya (birinchi 11ta bahsda 31 ochko) va Eusebio Di Franchesko (27 ochko).

A SERIYA JADVALI

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta