"Roma" "Barselona"ning ikki o'yinchisi borasida muzokaralarni boshladi

Alisher
7 may 2020, 18:00
"Barselona" himoyachilari Xunior Firpo va Jan-Kler Todibolar "Roma" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Rimliklar mavsumlar oralig'ida mudofaa chizig'ini kuchaytirishni xohlashmoqda va ikki yosh o'yinchi bilan shartnoma imzolashmoqchi.

"Bo'rilar" rahbariyati bu transferlarni muhokama qilish uchun kataloniyaliklar sport direktori Erik Abidal bilan aloqaga chiqishgan.

Ushbu transferlardagi muammo futbolchilarning pulida bo'lishi mumkin. "Ko'k-anorranglilar" ularning har biri uchun 25 million evrodan talab qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo