"Roma" afsonasi klub bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
16 yanv 2024
"Roma"ning italiyalik sobiq futbolchisi Joze Mourinyoning o'rnini egallashi mumkin.

Klub rahbariyati jamoa natijalaridan qoniqmayapti va portugaliyalikning hakamlar ishi tufayli noliyverishidan charchagan. Natijada, klubga Rim afsonalaridan biri hisoblangan Daniele De Rossini olib kelish variantini o'rganib chiqishmoqda. "Roma" muxlislarining ma'lum qismi ham Mourinyodan yuz o'girgan va boshqa murabbiy kelishini istamoqda.

Qayd etib o'tamiz, Daniele De Rossining oxirgi ish joyi SPAL klubi bo'lib, 2023 yilning ferval oyida klub qoniqarsiz natijalar tufayli mutaxassis bilan xayrlashishga qaror qilgandi.

Eslatib o'tamiz, "Roma" A Seriyada 9-o'rinni egallab turibdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: romapress.net