Rojers MYUning qiziqishi haqida: "Bu haqda hatto o'ylamayman ham. "Lester" bilan muvaffaqiyatga erishishga umid qilaman"

Alisher
30 okt 2021, 11:30
"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers Ole-Gunnar Sulsher iste'foga chiqsa, MYUni boshqarishi mumkinligiga izoh berdi.

"To'g'risini aytsam, men bu haqda o'ylamayman ham. Muxlislar allaqachon bularning barchasidan charchashdi - mish-mishlarda doim "Lester" tilga olinadi.

Hali ham e'tiborimni "Lester"ga qaratganman, ushbu klubni rivojlantirishga va u bilan muvaffaqiyatga erishishga harakat qilaman.

Ushbu klubdagi barcha, xodimlar va futbolchilar, bir yo'ldan ketishmoqda, hammamiz hamfikrmiz", - deydi Rojers.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports