Rojers "Manchester Yunayted"ni boshqarishga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
7 noya 2021, 23:14
Bir qator muvaffaqiyatsiz o'yinlardan so'ng "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher iste'foga chiqish arafasida turibdi.

Aftidan "qizil iblislar" rahbariyati allaqachon norvegiyalik mutaxassisga o'rinbosar topib bo'lgan. Angliya Premer-ligasida katta tajribaga ega bo'lgan "Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers uning o'rnini egallashi mumkin. 

Manbaning xabariga ko'ra, u "Old Trafford"da ishlashga roziligini og'zaki tasdiqlagan. "Qizil iblislar" rahbariyati yaqin orada murabbiyni jamoaga olib kelishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Caught Offside