Roy Xojson: "Ijobiy natijaga erishishimiz mumkin edi"

Aziz Tukhtamuradov
20 iyun 2014, 08:26
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson Urugvayga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz ijobiy natijaga erishishimiz ham mumkin edi. Hisobni tenglashtirgan vaqtimizda ushbu o'yinda g'alaba qozona olishimizga ishongan edim.
O'yinda to'pni asosan biz nazorat qilgan bo'lsak ham mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldik.
Tan olish lozim, Suaresning birinchi goli zo'r chiqdi", - deydi murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net