Rodrigo: "Real" asosiy tarkib o'yinchisi bo'lishni xohlayman va bu uchun ishlayapman"

Alisher
11 avg 2022, 14:03
Rodrigo "Real"ning asosiy tarkib o'yinchisi bo'lishni xohlashini aytdi.

"Ayntraxt" (2:0) bilan Yevropa Superkubogi uchun bahsda 21 yoshli braziliyalik hisob 2:0 bo'lib turgan paytda, 67-daqiqada maydonga chiqdi.

"Jamoaga ko'p yordam bera olishimni va ko'proq o'ynash olishimni bilaman – faqatgina biz hiosbda ortda borayotgan va kambek kerak bo'lgan paytda emas.

Asosiy tarkib o'yinchisi bo'lishni xohlayman va bu uchun ishlayapman. Agar o'zimning eng yaxshi futbolimni ko'rsatsam, menda barcha imkoniyatlar [dastlabki daqiqalardan chiqish] bo'ladi", – deydi "Real" vingeri.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As