Rodri: "Men Messi emasman"

Mirjalol Normatov
31 avg 2025, 21:35
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri jamoaga Leo Messi kabi katta ta’sir o'tkaza olmasligini aytdi.

Bugun "shaharliklar" APLning 3-turida "Brayton" maydonida 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

"Men Messi emasman. Jarohatdan qaytib birdaniga jamoaga foyda keltira olmayman. Oldingi g'alabalarimizda ham jamoadoshlarimning menga katta yordami kerak bo'lardi.

Albatta, o'z darajamga qaytishim kerak. Buning uchun katta mehnat qilishim lozim. Ammo unutmaslik kerakki, bu jamoaviy sport turi. Umid qilamanki, termalar o'yinlaridan keyin biz yaxshiroq o'yin ko'rsatamiz", - dedi Rodri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC