Rodri "Manchester Siti" va "Arsenal" o'rtasidagi asosiy farqni aytdi

Sherzod Nurmatov
20 may 2024, 12:53
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri "shaharliklar" hamda "to'pchilar" o'rtasidagi asosiy farq haqida fikr bildirdi.

"Arsenal"dan farqimiz mentalitetda.

"Arsenal" "Etixad"ga kelganida bizni mag'lub etishni emas, balki durang o'ynashni xohlayotganini his qildim.

Bizda bunday mentalitet yo'q, biz hech qachon bunday qilmaymiz", – dedi ispaniyalik xavbek.

Mavsum yakunlariga ko'ra "Manchester Siti" 91 ochko bilan Angliya chempioniga aylandi. "Arsenal" esa 89 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikni "Liverpul" yakunlab berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano