

"Agar sizda pul bilan muammo bo'lmasa, nega ularni eng yaxshi futbolchilarga sarflamaysiz? Pogba MYUda bo'lganida ser Aleks Fergyuson menga qo'ng'iroq qilib, Polning mashg'ulot jarayonini kuzatishni aytgan. Taassurotlar yaxshi edi. Ajoyib jismoniy ko'rsatiklar, iroda. Pogba - aynan bizga kerak futbolchi. U Yaya Turega o'xshaydi, chunki oldinga yaxshi harakatlanadi va ajoyib gol urishi mumkin" - deydi Robson.



