Roberto Martines qiyin g'alabadan so'ng fikrlarini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
24 noya 2022, 08:48
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Kanada ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Kanada bizdan yaxshiroq harakat qildi. Ular musobaqaga huddi bayramga kelgandek tashrif buyurishgan. Bu Kanada yuqori tempda va to'g'ri chiziq bo'ylab o'ynaydi. 

To'g'risini aytsam, o'yinimizning boshqa tomonlarini ko'rsatishga to'g'ri keldi. O'yinni tajriba, penalti qaytargan va boshqa ko'plab vaziyatlarda o'zini ko'rsatgan darvozabonimizning mahorati evaziga yutdik. Bugungi g'alaba muhim", - dedi Martines. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC