Roberto Martines APLda ish boshlashi mumkin

Mirjalol Normatov
25 may 2021, 17:35
"Tottenxem" yangi bosh murabbiy izlashda davom etadi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, London klubi ayni damda Belgiya termasini boshqarayotgan Roberto Manchini bilan muzokaralar olib bormoqda. O'z navbatida murabbiy ham Evro-2020dan keyin klublar futboliga qaytishni istamoqda.

47 yoshli mutaxassisga "Arsenal" tomonidan qiziqishlar bo'lgandi. Ammo keyinchalik klub Mikel Artetani ishga chaqirdi.

Martines 2016 yildan buyon Belgiya termasini boshqarmoqda. Bunga qadar u "Everton", "Uigan" va "Suonsi" kabi klublarda faoliyat olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports