Roberto Manchini: "Turindagi durang bu yaxshi natija"

Narzulla Saydullayev
3 okt 2013, 14:02
"Galatasaroy"ning italiyalik murabbiyi Roberto Manchini "Yuventus"ga qarshi o'yindagi durangdan so'ng (2:2) o'z fikrlarini bildirdi.
"Pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qolishimiz uchun bor kuchimiz bilan o'ynashimiz kerak edi. Menimcha biz buni uddaladik, sababi jamoa yaxshi o'yin namoyish etdi. G'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, ammo Turinda durang ham yaxshi natija. Oldinga intilishda davom etish lozim", – deydi murabbiy UEFA rasmiy saytiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru