Roberto Manchini: "Italiya terma jamoasini boshqarish men uchun sharaf"
Aslanov Jasurbek
19 fev 2016, 21:52
"Inter" murabbiyi Roberto Manchini kelajakda Italiya terma jamoasini boshqarishni istashini tan oldi.
"Italiya terma jamoasini boshqarishni istardim. Kim bunday taklifni rad etardi? Klubdagi faoliyatdan so'ng terma jamoada ishlash yomon bo'lmasdi. Bu men uchun katta sharaf bo'lgan bo'lardi", deydi murabbiy.