Roberto Karlos: "Rossiya terma jamoasi JCHda finalgacha bora oladi"

Aslanov Jasurbek
16 apr 2018, 21:30
Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Roberto Karlos Rossiya terma jamoasidan JCH-2018da nimalar kutayotganini aytib berdi.

"Rossiya - Braziliya o'yinini tomosha qildim. Ruslarning birinchi bo'limdagi o'yini, ayniqsa himoyadagi harakatlari yoqdi. Biroq tanaffusdan so'ng saviya va daraja o'z so'zini aytdi. Rossiya bitta golga tortadigan o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman - jamoangiz kuchli. Kimni yetakchi deb atagan bo'lardim? Ko'p uchrashuvlarni ko'rganim yo'q, ammo Akinfeev, Smolov va yosh yarim himoyachini alohida ko'rsatgan bo'lardim. Familiyasini unutdim. Ha, Aleksandr Golovin!

Rossiya va Braziliya terma jamoalarining JCH-2018dagi taqdiri? Bunday turnirlarda jamoaning mentaliteti va psixologiya juda muhim. Rossiyaliklar kamida guruhdan chiqadi deb o'ylayman. Uyda ular uzoqroqqa borishi mumkin, xatto finalgacha! Bu bosqichda jamoangiz Braziliya bilan o'ynashiga umid qilaman. Bu oson bo'lmaydi, chunki yo'lda Fransiya, Germaniya yoki Argentinaga duch kelish mumkin" - deydi Roberto Karlos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com