

"Marselo "Yuventus"ga qarshi bahsdan so'ng nega hamma 12 raqamli futbolka kiyib olganini so'radi. Uning kallasi joyida emas. Raqamlar aksini ko'rsatayotgan bo'lsada, Marselo Chempionlar ligasidagi g'alabalar soni bo'yicha menga yetib olgani yo'q. Chunki har safar jamoa g'alaba qozonganda men ham g'olib bo'laman va klub elchisi hisoblanaman. Men Chempionlar ligasida "Real" bilan 5 ta g'alabaga erishdim" - deydi Roberto Karlos.
Roberto Karlos 1997-1998, 1999-2000 va 2001-2002 yillarda "Real" bilan Chempionlar ligasida zafar quchgan. Marselo bu turnirda 2013-2014, 2015-2016 va 2016-2017 yillarda g'olib bo'lgan.
"Real" Chempionlar ligasida 12-marotaba g'olib bo'ldi.



