Roberto Firmino: "Agar Koutino ketsa, bu qo'rqinchli bo'ladi"
Tolibjon Qosimov
16 avg 2017, 10:32
"Liverpul"ning braziliyalik hujumchisi Roberto Firmino Filippe Koutinoning klubdan ketishi mumkinligi qo'rqinchli holat ekanligini aytib o'tdi.
"Men Koutinoning ketishi mumkinligi haqida o'ylamaslikni afzal bilaman, chunki bu qo'rqinchli bo'ladi. Filippe faqatgina ajoyib futbolchi emas, yaxshi do'st ham. Katta klublarning Koutinoga qiziqayotgani normal holat", - dedi Firmino.