Robert Martines: "Evroning eng kuchli termalari chorak finalda to'qnash kelayotgani afsuslanarli"

Mirjalol Normatov
2 iyul 2021
Belgiya termasi bosh murabbiyi Roberto Martines Evro-2020 1/4 finali doirasida Italiyaga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.

"Azar va de Bryuyne bugungi mashg'ulotlarni ertaroq yakunladi. So'nggi qaror ertaga oxirgi daqiqalarda qabul qilinadi.

Edenning sog'lig'ida ijobiy tomonga o'zgarishlar bor, ammo bu ertaga o'yinga tushishi uchun kamlik qilishi mumkin. Kevin bilan holat esa boshqacha. U o'zini yaxshi his qilyapti. Ertaga ertalab uning holatiga baho beramiz.

Italiya - ajoyib, jangovar jamoa. Ular tez o'ynashadi va yaxshi pressing uyushtirishadi. Statistika nuqtayi nazaridan Italiya va Belgiya - Evro-2020ning eng yaxshi termalari. Ikkisining hisobida 4tadan g'alaba bor.

Ularni hurmat qilamiz, ertangi o'yindan esa nafaqat muxlislar balki, futbolchilarim ham rohat olishlari kerak.

Ammo turnirning shunday qismida eng kuchli termalar to'qnash kelayotgani biroz afsuslanarli. Italiya o'zining DNKsini yo'qotmagan holda zamonaviy futbolni uyg'unlashtirmoqda. Barchasini kichik detallar hal qilishi mumkin", - dedi Martines.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com