Robben: "Shu haftada chempion bo'lsak muvaffaqiyatni nishonlamaymiz"

Aziz Tukhtamuradov
21 mar 2014, 08:56
"Bavariya" jamoasi yarim himoyachisi Aren Robbenning aytishicha, agar jamoasi kelayotgan turda chempionlikni qo'lga kiritsa sovrinni nishonlashmaydi.
Pep Gvardiola shogirdlari bu haftada "Maync" mehmoni bo'ladilar.
"G'oliblikni nishonlamaymiz. Mavsumning jiddiy qismiga ham yetib keldik: xar 2-3 kunda o'yin o'tkazmoqdamiz.
Endilikda jamoa bor e'tiborini Chempionlar Ligasiga qaratishi zarur", - deb aytib o'tdi gollandiyalik futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com