Robben "Bavariya" bilan shartnomasini 2017 yilgacha uzaytirdi

Tolibjon Qosimov
19 mar 2014, 19:20
"Bavariya" yarim himoyachi aren Robben bilan shartnomani uzaytirganini ma'lum qildi.
Gollandiyalik bilan yangi kelishuv 2017 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

"Klub bilan yangi shartnoma tuzganimdan xursandman. Jamoa bilan yangidan-yangi sovrinlar yutish istagidaman", - dedi Robben.

Robben "Bavariya" tarkibida 2009 yildan buyon faoliyat olib boradi. Myunxen klubi tarkibida u ikki bora Germaniya chempionligini, bir bora Chempionlar ligasi g'olibligini, UEFA superkubogini va klublar o'rtasidagi jahon chempioligini qo'lga kiritdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru