

Bir necha kun oldin gollandiyalik xitoyliklardan juda yaxshi taklif olishiga qaramasdan, nemis grandi bilan shartnomani 2018 yilgacha uzaytirdi.
"2018 yilda Xitoyda o'ynashim mumkin. Voqealar rivojini oldindan aytib bo'lmaydi. Bu borada javob bermayman, shunchaki sabr qilishimiz kerak. Agar kelasi yil o'zimni hozirgidek his qilsam, klub esa yana bir yillik shartnoma taklif etsa, qolishim ham mumkin" - deydi Robben.



