"River Pleyt" prezidenti: "Agar Messini haqorat qilgan inson - klubimiz a'zosi bo'lsa, uni chetlatamiz"
Aslanov Jasurbek
23 dek 2015, 18:45
"River Pleyt" prezidenti Rodolfo D'Onofrio "Barselona"ga qarshi klublar o'rtasidagi final uchrashuvidan so'ng LIonel Messini haqorat qilgan muxlisni jiddiy jazolashga vada berdi.
"Messini futbolchi va inson sifatida qattiq hurmat qilamiz. Agar hujum qilgan odam klubimiz a'zosi bo'lsa, biz unga tezda jamoamiz eshiklarini ko'rsatamiz. Bunday inson bayramimizda ishtirok etmasligi kerak" - deydi D'Onofrio.