Rivaldo: "Barsa"ning "Napoli"ga yutqazishidan qo'rqaman"

Alisher
18 iyul 2020
"Barselona" sobiq o'yinchisi Rivaldo Chempionlar Ligasi 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Napoli" (birinchi o'yin - 1:1)ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

"Men ularning "Napoli"ga yutqazishlari mumkinligidan qo'rqaman. "Barsa"ning sobiq o'yinchisi va klub muxlisi sifatida men bu uchrashuvdan xavotirdaman va ko'plab muxlislarda ham shunday holat deb o'ylayman.

Ular allaqachon xafa bo'lishgan ["Real"ning La Ligadagi g'alabasi tufayli], bu yerda esa bo'm-bo'sh "Kamp Nou", kuchli italyan jamoasi - o'ylaymanki, qiyin bo'ladi", - deydi braziliyalik.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" - "Napoli" o'yini 7 avgustda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es